2024 yil migrantlar uchun eng halokatli yilga aylandi - Xalqaro migratsiya tashkiloti
O‘tgan yili boshqa mamlakatlarga yetib borishga uringan kamida 8 938 migrant halok bo‘lgan. Ularning asosiy qismi Osiyo va Afrika davlatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Reuters
2024 yilda boshqa mamlakatlarga yetib borishga uringan kamida 8 938 migrant halok bo‘lgan. Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) hisobotiga ko‘ra, bu yillik o‘lim holatlari bo‘yicha rekord daraja bo‘lib, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilni eng halokatli yilga aylantirgan.
Tashkilot mutaxassislarining fikricha, keltirilgan raqamlar yakuniy emas va «migrantlarning haqiqiy o‘lim va bedarak yo‘qolish holatlari aslida ancha ko‘p».
IOM hisobotida qayd etilishicha, migratsiya yo‘nalishida halok bo‘layotgan insonlar soni besh yildan beri oshmoqda. Bundan oldingi antirekord 2023 yilda o‘rnatilgan — o‘shanda 8 747 kishi halok bo‘lgan.
O‘tgan yili halok bo‘lgan migrantlarning asosiy qismi Osiyo (2 778 nafar) va Afrika (2 242 nafar) hisobiga to‘g‘ri keladi. O‘rta Yer dengizini kesib o‘tishga urinish orqali kamida 2 452 nafar migrant halokatga uchragan.
Ta’kidlanishicha, migrantlar o‘limiga sabab bo‘layotgan asosiy omillardan biri ular yo‘lda duch kelayotgan zo‘ravonlik holatlaridir. IOM qayd etgan yana bir muammo yo‘lga otlangan migrantlarning yonida hujjatlar yo‘qligi va ularga oid ma’lumotlarni to‘plash imkoniyati mavjud emasligidir, natajada, qurbonlar yoki bedarak yo‘qolganlar shaxsini aniqlash qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Mavzuga oid

20:33 / 16.03.2025
Sud Trampga XVIII asrdagi qonun yordamida migrantlarni deportatsiya qilishni taqiqladi

00:48 / 06.03.2025
Avstriya kansleri qochqinlarining o‘z oilalari bilan birlashish dasturini to‘xtatib qo‘ydi

17:42 / 04.03.2025
Rossiya ishchi kuchi tanqisligini Myanmadan migrantlarni jalb etish orqali qoplamoqchi

16:57 / 26.02.2025