Jahon | 08:30 / 18.03.2025
3199
4 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqchi

Londonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Yevropa diplomatiyasi rahbari mamlakat tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari rahbarlari bilan Rossiya Federatsiyasiga bosimni kuchaytirish, Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlikni ta’minlash yo‘llarini muhokama qiladi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas 18 mart kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va mudofaa vazirlari bilan «Rossiyaga bosimni kuchaytirish va Ukrainada adolatli va mustahkam tinchlik o‘rnatish yo‘llarini» muhokama qilish uchun Londonga keladi», deb xabar berdi Britaniya hukumati 17 mart, dushanba kuni kechqurun.

Bo‘lajak muzokaralar press-relizda «Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi munosabatlaridagi yangi davrning bir qismi» sifatida tasvirlangan. Ular «Ukraina bo‘yicha hamkorlikni muvofiqlashtirish, iqtisodiy bosimni oshirish va Rossiya Ukrainaga yetkazayotgan zararni qoplashni ta’minlash, shuningdek, kiberhujumlar, saylovlarga aralashish va Rossiyaning keng tarqalgan dezinformatsiyasi kabi gibrid tahdidlarga qarshi choralarni kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muhokama qilishga» e’tibor qaratadi», deya ma’lum qildi London.

Bundan tashqari, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi va Kaya Kallas «Yevropada mudofaa xarajatlarini, jumladan, innovatsion tashabbuslar orqali oshirish va NATOni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jangovar tayyorgarlikni oshirish masalalarini» ko‘rib chiqadi», deyiladi hujjatda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, ular, xususan, YeIning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga mudofaa uskunalariga 150 milliard yevro miqdorida kredit mablag‘larini yo‘naltirishga ruxsat berish haqidagi taklifini muhokama qiladi. Agentlik manbalariga ko‘ra, mablag‘lar Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shveytsariya kabi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan qurol sotib olishga sarflanishi mumkin.

Rossiya Ukrainaga g‘arb tinchlikparvar kuchlari kelishiga yana qarshi chiqdi

Moskva o‘t ochish to‘xtatilgan taqdirda Ukrainaga NATO va Yevropa Ittifoqi davlatlarining tinchlikparvar kuchlarini yuborish ehtimoli muhokama qilinayotganini «nomaqbul va bema’ni» deb hisoblashda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Aleksandr Grushko 17 mart kuni chop etilgan «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Moskvaga «NATO kontingentlari Ukraina hududiga qanday yorliq ostida joylashtirilishi mumkinligi umuman qiziq emas: u Yevropa Ittifoqi, NATO yoki milliy maqomda bo‘lsa ham».

«Agar ular o‘sha yerda paydo bo‘lsa, demak, ular mojaro zonasiga joylashtirilmoqda, bu kontingentlarga mojaro taraflari sifatida oqibatlarni keltirib chiqaradi», — deb hisoblaydi rossiyalik diplomat.

Grushkoning bayonotlari avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytgan gaplardan unchalik farq qilmaydi. U bir necha bor Ukrainada Yevropa davlatlaridan tinchlikparvar kuchlarning bo‘lishi ehtimoli bo‘yicha muhokamalar yuzasidan qo‘pol tarzda izoh bergan, garchi bu Kiyevning ayrim ittifoqchilarining shaxsiy tashabbusidir.

Mavzuga oid