Yevroparlamentda AQShdan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarish talab qilindi
Donald Tramp ma’muriyatining qarorlari AQSh erkinlik tarafdori emasligini ko‘rsatadi, deydi fransiyalik yevrodeputat.

Foto: AP / Mark Lennihan
Yevroparlament a’zosi Rafael Glyuksman AQSh rasmiylaridan Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarishni talab qildi. Hozirgi ma’muriyat va AQSh prezidenti o‘z qarorlari bilan erkinlik qadriyatlari ularga yaqin emasligini ko‘rsatmoqda. Siyosatchining 17 mart, yakshanba kungi nutqidan parchalarni AFP agentligi keltirgan.
Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlayotgan Glyuksmann o‘z nutqida Vashingtonni Moskvaga yaqinlashayotgani uchun qoraladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar «zolimlar tomoniga o‘tishga qaror qilgan». Fransuz siyosatchisi, shuningdek, Donald Tramp ma’muriyatini ilmiy erkinligini ta’kidlagan olimlarni ishdan haydagani uchun ham tanqid qildi.
Shu munosabat bilan Yevroparlament deputati AQShni Ozodlik haykalini qaytarishga chaqirdi. «Biz uni sizga berdik, lekin siz uni mensimayapsiz», dedi u amerikaliklarga murojaat qilib.
Ozodlik haykali Fransiyada haykaltarosh Ogyust Bartoldi rahbarligida yaratilgan. U fransuzlar amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlagan Amerika inqilobiy urushining 100 yilligi sharafiga Fransiyaning AQShga sovg‘asi edi.
46 metr balandlikdagi mis haykal 1886 yilda Nyu-Yorkdagi Ozodlik orolida ochilgan. Bir vaqtlar yaqin atrofdagi Ellis-Aylend orolida Qo‘shma Shtatlarga kirishni kutgan millionlab muhojirlar uchun u yaxshiroq hayotga umid ramzi edi, deya ta’kidlaydi AFP.
Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti
Amerika Qo‘shma Shtatlari Grenlandiyani anneksiya qiladi, Donald Trampning bunga ishonchi komil. 13 mart kuni Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda AQSh prezidenti orolning anneksiya qilinishi mumkinligi haqidagi savolga «O‘ylaymanki, shunday bo‘ladi», deb javob berdi. «Bizga bu (Grenlandiya) xalqaro xavfsizlik uchun kerak», deb tushuntirdi Tramp. U, shuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishida «muhim rol» o‘ynashiga ishonch bildirdi.
O‘z navbatida, Mark Ryutte «NATOni bu masala bo‘yicha muhokamalarga tortmoqchi emasligini» aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning ushbu mintaqaga qiziqishi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uchun Grenlandiya muhimligini tan oldi.
Grenlandiyani o‘z ichiga olgan Daniya parlamentining mudofaa qo‘mitasi raisi Rasmus Yarlov o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQShning orolga da’volari «ikki NATO davlati o‘rtasida urushga» olib kelishi mumkinligini yozdi va Mark Ryuttening Tramp bilan uchrashuvdagi xatti-harakatlarini ham tanqid qildi. «Grenlandiya Daniyadan darhol mustaqillikka qarshi ovoz berdi va hech qachon Amerikaniki bo‘lishni xohlamaydi», deya qo‘shimcha qildi Yarlov.
Mavzuga oid

22:02
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi

19:25
AQSh va Meksika chegarasida noqonuniy tuxum savdosi keskin oshib ketdi

18:24
AQSh Demokratik partiyasi reytingi yorqin lider yo‘qligi sababli eng past darajaga tushdi

16:44