Jahon | 18:24 / 17.03.2025
1648
3 daqiqa o‘qiladi

AQSh Demokratik partiyasi reytingi yorqin lider yo‘qligi sababli eng past darajaga tushdi

Demokratlar mashhurligining pasayishi qisman partiyaning o‘zida yuqori darajadagi norozilik bilan bog‘liqligi ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty images

SSRS kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan yangi so‘rovga ko‘ra, amerikaliklar orasida Demokratik partiyani ma’qullash reytingi rekord darajada pasaydi — 29 foiz. Bu haqda CNN xabar berdi.

Shu tariqa, reyting Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati yakunlangan 2021 yil yanvar oyidan buyon 20 foizga tushib ketdi. So‘rovga ko‘ra, Respublikachilar partiyasining reytingi hozir 36 foizni tashkil etadi.

Demokratlar mashhurligining pasayishi qisman partiyaning o‘zida yuqori darajadagi norozilik bilan bog‘liq. Demokratlar va ularga moyil mustaqil siyosatchilarning atigi 63 foizi ularga rag‘bat bildirmoqda. Jo Bayden prezidentligi boshlanganida bu 81 foiz, Trampning ikkinchi prezidentlik davri arafasida 72 foiz edi.

Shu bilan birga, demokratlar tarafdorlarining 52 foizi partiya rahbariyati noto‘g‘ri yo‘ldan bormoqda, deb hisoblaydi.

Aksariyat demokratlar va demokratlarga moyil mustaqil siyosatchilar demokratlar Kongress va Senatdagi ko‘pchilik respublikachilar bilan hamkorlik qilishdan ko‘ra, birinchi navbatda, respublikachilar kun tartibiga qarshi kurashish uchun ishlashi kerak, deb hisoblaydi. Bu 2017 yil sentabrida demokratlarning 74 foizi respublikachilar bilan ishlashni ma’qul ko‘rgan Trampning birinchi muddatidan boshlab partiya pozitsiyasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi.

Amerikaliklarning qariyb yarmi Demokratik partiya ham, Respublikachilar ham haddan tashqari ekstremal qarash va siyosatga ega, biroq xalqchil emas, deb hisoblaydi. Bu amerikaliklarning aksariyati (56 foizi) Demokratik partiya pozitsiyalarini xalqchil deb atagan 2022 yildan beri katta o‘zgarishdir.

So‘rov shuningdek, Demokratik partiyada yetakchilik borasida ziddiyat borligini ko‘rsatdi. Qaysi demokrat lider partiyaning asosiy qadriyatlarini eng yaxshi ifodalaydi, degan savolga Demokratlar tarafdorlarining 10 foizi Nyu-York vakili Aleksandriya Okasio-Kortesni, 9 foizi sobiq vitse-prezident Kamala Harrisni, 8 foizi Vermont shtati senatori Berni Sandersni va 6 foizi Vakillar palatasida ozchiliklar yetakchisi Hakim Jyeffrisni nomlagan. 30 foizdan ortig‘i biror nomni ayta olmadi.

Mavzuga oid