Shuhrat Qurbonov Humo boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi
Uning o‘rniga Aleksey Maksimov tayinlandi.

Foto: Kun.uz
Shuhrat Ravshanbekovich Qurbonov “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (Humo) boshqaruvi raisi lavozimini tark etdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portali ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, Shuhrat Qurbonov 2025 yil 6 mart kuni o‘z arizasiga ko‘ra “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ rahbarligidan ketgan. 7 mart kuni uning o‘rniga Aleksey Yurevich Maksimov boshqaruv raisi lavozimiga tayinlangan. Bungacha u Octobank AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Shuhrat Qurbonov Humo to‘lov tizimiga u tashkil etilgan 2018 yil sentabrdan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Rahbariyatdagi bu o‘zgarish Humo'ning egasi o‘zgarishi ortidan ro‘y berdi. Hukumat yanvar oyida kompaniyadagi 100 foizlik davlat ulushini 65 mln dollarga xususiylashtirish bo‘yicha “Paynet” AJ bilan kelishuvga erishilganini e’lon qilgandi.
Mavzuga oid

14:30 / 27.08.2024
Kaspi.kz «Humo» to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

15:17 / 22.07.2024
“Humo” to‘lov tizimi operatorini sotish jarayoni boshlandi – Davaktiv

15:15 / 23.04.2024
Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi

18:07 / 05.07.2023