Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi
Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Ayubxon Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga ko‘tarildi. IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentiga polkovnik Ulug‘bek Toshxo‘jayev rahbar bo‘ldi.

Ayubxon Rahmatullayev / Foto: IIV matbuot xizmati
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan, polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Rahmatullayev 2021 yil mart oyidan buyon Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. U muqaddam ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – moliya va moddiy texnika ta’minoti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Shuningdek, prezident farmoyishi asosida, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev tayinlandi.
Toshxo‘jayev 2021 yil aprelidan buyon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining direktori sifatida ishlab kelayotgandi
IIVning 11 mart kungi xabariga ko‘ra, bu ikki tayinlov haqida vazirlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBBni boshqarib kelgan general-mayor Aziz Toshpo‘latov o‘tgan hafta IIV rahbari lavozimida ish boshlagan edi.
U 7,5 yildan buyon vazir lavozimida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonovning o‘rnini egalladi. Bobojonov faoliyatini prezidentning kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisiga o‘rinbosar sifatida davom ettirmoqda. IIVda uning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Shavkat Rahmonov ham lavozimidan ozod etilgan.
Toshkent shahri IIBBni esa endilikda Xorazm viloyati IIBning sobiq boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev boshqarmoqda.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025
Prezident administratsiyasining 8 ta departamentiga yangi rahbar tayinlandi

18:34 / 14.07.2025