Livitt: Ukrainlarning qochqinlik maqomidan mahrum etilishi haqidagi xabar - feyk
Oq uy Tramp ma’muriyati 240 mingga yaqin ukrainalik qochqinni qonuniy maqomdan mahrum qilishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Bu qaror hali qabul qilinmagan», dedi Kerolayn Livitt.

Foto: Joshua Sukoff/Sipa USA/IMAGO
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 6 mart, payshanba kuni Reuters agentligining Tramp ma’muriyati 240 mingga yaqin ukrainalik qochqinning vaqtinchalik maqomini bekor qilmoqchi ekanligi haqidagi xabarini rad etdi.
«Bu Reuters agentligining nima haqida gapirayotganini bilmaydigan anonim manbalarga asoslangan yana bir feyk xabaridir. Haqiqat shuki, hali hech qanday qaror qabul qilinmagan», deb yozgan Livitt X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Reuters manbalariga tayanib, Tramp ma’muriyati 2025 yilning aprelida ukrainalik qochqinlar uchun vaqtinchalik maqomni bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Bu Ukraina fuqarolariga tezlashtirilgan deportatsiya bilan tahdid qilmoqda, deya ta’kidladi agentlik. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ukrainalik qochqinlarni huquqiy maqomdan mahrum qilish rejalari Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp o‘rtasidagi mojarodan oldin paydo bo‘lgan.
Manbalarning Reuters agentligiga ma’lum qilishicha, bu AQSh yangi ma’muriyatining sobiq prezident Jo Bayden davrida boshlangan gumanitar boshpana dasturlari doirasida Qo‘shma Shtatlarga kelgan 1,8 milliondan ortiq muhojirning huquqiy maqomidan mahrum qilish bo‘yicha katta strategiyasining bir qismidir.
CBS: AQSh ukrainlarning migratsiya arizalarini qabul qilishni to‘xtatdi
19 fevral kuni CBS News telekanali Oq uyning ikki mulozimiga tayanib, Vashington AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ma’muriyati tomonidan amalga oshirilgan dasturlar bo‘yicha avvalroq kirishga ruxsat berilgan Ukraina va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolarining barcha immigratsiya arizalarini to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar berdi. Bunday dasturlar qatorida Uniting for Ukraine ham bor, unga ko‘ra Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri 240 mingga yaqin ukrainalik fuqarolar AQShga kirgan.
Mavzuga oid

09:20 / 19.10.2024
ifo: Ukrainalik qochqinlarning chorak qismi xorijda qolishni xohlaydi

14:00 / 18.10.2024
GFRda ukrainlarning bandlik darajasi keskin oshdi

10:40 / 17.10.2024
Bavariyadagi shahar meri yangi ukrainalik qochqinlarni qabul qilmadi

16:50 / 21.09.2024