AQSh Hamas bilan garovga olinganlar yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarga kirishdi
Qo‘shma Shtatlar garovga olingan amerikalik fuqarolarni ozod qilish uchun Hamas bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda, deb tasdiqladi Oq uy matbuot kotibi. Tramp guruhga nisbatan qattiq tahdidlar bilan chiqdi.

Foto: AP
Oq uy 5 mart, chorshanba kuni AQSh fuqarolari bo‘lgan isroillik garovga olinganlarni ozod qilish uchun Hamas guruhi bilan bevosita muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. «Amerikaliklar hayoti xavf ostida», dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livitt. U muzokaralar tafsilotlarini oshkor qilmadi va ular hali ham davom etayotganini ta’kidladi. Vashington pozitsiyasini AQSh prezidentining garovga olish masalalari bo‘yicha maxsus vakili Adam Beler ifodalayapti.
Avvalroq Axios portali Qatarda Beler va Hamas vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘layotgani haqida xabar bergan edi. Oq uy Falastin guruhi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara qilishdan oldin Isroil bilan maslahatlashgan, dedi Livitt. Isroil rasmiylari buni tasdiqladi.
Isroillik arabshunos va siyosatshunos Kseniya Svetlovaning fikricha, AQSh va Hamas o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar Isroilning pozitsiyasini jiddiy ravishda zaiflashtiradi.
Tramp falastinliklar va Hamasga tahdid qilmoqda
Livittning bayonotidan ko‘p o‘tmay, AQSh prezidenti Donald Tramp Hamas rahbariyatiga nisbatan keskin tahdidlar bilan chiqdi. U barcha garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni va o‘ldirilgan isroilliklarning jasadlarini topshirishni talab qildi. «Aks holda siz uchun hammasi tugaydi», deb yozdi u Truth Social platformasida. «Men Isroilga buni amalga oshirishi uchun kerak bo‘lgan hamma narsani yuboryapman. Agar men aytganimni qilmasangiz, Hamasning hech bir a’zosi xavfsiz bo‘lmaydi», — dedi Tramp.
AQSh prezidenti G‘azo aholisiga murojaat qilib: «Sizning kelajagingiz porloq, ammo garovga olinganlarni ushlab tursangiz, o‘lasiz» dedi. U odamlarni «aqlli qaror» qabul qilishga va garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37