Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
San’atkorlarga «u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» bo‘yicha tushuntirish olib borildi
Madaniyat vazirligida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va diniy qo‘mita vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xonandalarga «San’atkor odobi», diniy siyosat konsepsiyasi kabi hujjatlar tushuntirilgan. Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov san’atkorlarni dabdababozlik, shohona hayotni ko‘z-ko‘z qilmaslikka chaqirgan.

Foto: Madaniyat vazirligi
3 mart kuni Madaniyat vazirligida O‘zbekistondagi konsert-tomosha faoliyatida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar hamda «San’atkor odobi» mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirda huquq-tartibot idoralari xodimlari, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, diniy qo‘mita matbuot kotibi Ilhom Ma’rufov, «O‘zbekkonsert» rahbariyati va xonandalar qatnashgan.
Yig‘ilishda o‘zbek san’atkorlarining ma’naviy-madaniy faoliyati, «San’atkor odob-axloqi», «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi» mazmuni, shuningdek san’atkorlarning konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziya talab va shartlari hamda mualliflik huquqi kabi masalalar muhokama qilingan. Majlisda shuningdek, «Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni va bir qancha nizomlar yuzasidan tushuntirish berilgan.
«Yig‘ilish davomida «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirishda san’atkorlarning majburiy talablarga rioya qilishi hamda asosiy litsenziya talablarida ijrochilarning «konsert-tomosha sohasida u yoki bu dinni targ‘ib qilmaslik» masalalari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi, boshqa davlatlarda bo‘lganida o‘z mamlakat sha’nini e’zozlashi odob-axloq, madaniyat, o‘zbekona qadriyatlarni unutmaslik haqida so‘z bordi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov — milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, dabdababozlik, shohona hayotni ko‘z-ko‘z qilmaslik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat joylarida, atrofdagilar e’tiborini tortuvchi ortiqcha salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida ta’kidlab o‘tgan.
«Shu bilan birga kuy-qo‘shiqlarning mazmuniga e’tibor qaratish, mualliflik huquqlarining buzilish holatlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, o‘z ijodlari davomida vatanga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlarni ko‘paytirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga namuna bo‘lishlari aytib o‘tildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Qurollarini topshirgan kurdlar, Boeing halokati yuzasidan dastlabki hisobot va yagona aviatashuvchisidan ayrilayotgan Rossiya – kun dayjesti
Jahon | 13:30
-
Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketi Slovakiyaga bog‘liq bo‘lib qolmoqda
Jahon | 13:06
-
Toshkentda sotilgan mashinalarni fuqarolar nomiga o‘tkazmay, MChJni bankrotlikka olib kelganlar ushlandi
Jamiyat | 13:02
Mavzuga oid

00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi

22:17 / 04.10.2024
Konsertlarning ssenariylarini oldindan tekshirish tartibi joriy etilishi mumkin

12:38 / 08.04.2024
“Ovoz” loyihasining gonorariga salkam 2 mlrd so‘m ajratildi

13:18 / 23.03.2024