2 aprel kuni “Talent Show” MChJ hamda Madaniyat vazirligi o‘rtasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, jamiyat “Ovoz” televizion loyihasining suratga olish jarayonlarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.
Davlat xaridlari portalida e’lon qilingan hujjatda tashkilotchilarga 6 oy davomida ma’lum summada gonorar to‘lanishi belgilangan. Shartnomada vazirlik bajarilgan ishlar uchun haq to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi ham qayd etiladi.
Qayd etilishicha, teleloyihada qatnashuvchi 3 nafar ustoz uchun oyiga 38 mln so‘mdan jami 684 mln so‘m, 1 nafar badiiy rahbar uchun oyiga 57 mln so‘mda jami 342 mln so‘m, 1 nafar musiqa direktori uchun 38 mln so‘mdan, 228 mln so‘m hamda 6 nafar sozandaga 14,5 mln so‘mdan jami 522 mln so‘m ajratilgan.
16 mart kuni loyihaning rasmiy taqdimotida uning ilk mavsumi murabbiylari Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, Tohir Sodiqov hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bo‘lishi aytilgan.