Yil boshidan beri qancha oila yarashtirilgani aytildi
O‘zbekistonda yil boshidan beri 1,2 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi.
MIB rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, davlat rahbarining tegishli farmoni bilan ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlar uchun joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga 122,6 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Voyaga yetmagan shaxslar foydasiga jami 179 mlrd so‘m aliment pullari undirilib, 1,8 mingdan ortiq aliment to‘lovchilarning ish bandligi masalasi hal etildi va undiruv ularning ish haqlariga qaratildi.
Olib borilgan tushuntirish va profilaktika ishlari natijasida, 1,2 mingdan ortiq oilalarning yarashtirilishiga erishildi. Davlat rahbarining tegishli farmoni bilan tashkil etilgan «Aliment to‘lovlari jamg‘armasi» hisobidan 218 nafar undiruvchilarga 918,1 mlrd so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.
Mavzuga oid

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

13:01 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi

09:50 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari yaratiladi

15:31 / 03.02.2025