Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
Uchrashuv davomida qurilish tarmog‘i va hududlarni rivojlantirish sohasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Marat Xusnullin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putin va hukumat raisi Mixail Mishustinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.
Rossiya yetakchisining o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlik, shu jumladan, qurilish tarmog‘i va hududlarni rivojlantirish sohasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
«Qurilish sohasida keng ko‘lamli kooperatsiyani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ikki mamlakat tashkilotlari va kompaniyalari ishtirokida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida infratuzilma obektlarini loyihalashtirish va qurish, qurilish materiallari va uskunalar yetkazib berish shunday loyihalar jumlasidan», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ulushli qurilish, loyihalashtirish, ekspertiza, raqamlashtirish va davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishni davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 11 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi.
Mavzuga oid

20:14 / 10.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025