Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov: Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidda xatmi Qur’on o‘qiladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, hamma masjidlarda xatmi Qur’on 27 kun bo‘lishini aytdi.
«Tarovih namozlarimizni go‘zal o‘tkazishga harakatlarimizni boshladik. Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidlarda xatmi Qur’on o‘qiladi.
Mana shu katta ne’mat, buni qadrlang. Agar ichingizda ko‘proq xorijga chiqib yurganlar bo‘lsa, yaxshi biladi, yoppasiga, masjidlarning hammasidayam xatm bo‘ladigan diyor — faqat O‘zbekiston. Biz o‘tgan yilgi tajribamizdan kelib chiqib, hamma masjidda 27 kunlik xatm qilyapmiz… Hamma masjid bir xil o‘qiydi. Siz bu yerda xatmda ishtirok etib, ertaga Buxoroga, vodiyga borib qolsangiz ham, qaysi masjidga kirsangiz, o‘sha eshitgan joyingizdan davom ettirib ketasiz. Buni qattiq nazoratga qilishga kelishdik.
Bu tadbirlarning hammasini tepasida prezidentimiz turibdilar. Qur’onga bo‘lgan muhabbatini hammalaringiz bilasizlar. Mana shu xatmlar bo‘lishida, ayni shu tartibda bo‘lishida juda katta imtiyoz va imkoniyat yaratib beryapti… Prezidentimiz alohida topshiriq berdilar, bir oy mobaynida siz azizlarning, namozxonlar, yurtdoshlarimizning xavfsizligini ta’minlash uchun ichki ishlar, Milliy gvardiya, hamma safarbar qilindi. Bu aslida, xavfsizligimiz uchun qilinyapti. Men iltimos qilaman sizlardan, tashqarida turgan ichki ishlar xodimlari va boshqalar «mashinangizni bu yerga to‘xtatmang, unday qiling, bunday qiling», desa malol olmaslik kerak. Bu biz uchun, bizning xavfsizligimiz uchun qilinyapti. Mana shu nuqtai nazardan ular kechayu-kunduz uxlamasdan bizga xizmat qilish uchun kamarbasta bo‘lib turibdi.
Masjidlarimizning har biriga tibbiyot xodimlari ajratilyapti, imom domlalarimiz tunu kun navbatchilik tashkil qilyapmiz, hamma safarbar qilindi. Nimaga? Shu oyni ibodat bilan, tinchlik va osoyishta o‘tkazish uchun», — deydi muftiy.
Shuningdek, muftiy masjidga keluvchilardan mashinalarini uzoqroq joylarga, odamlarga xalaqit bermaydigan tarzda qo‘yib kelishga chaqirdi.
«Aziyat qilib qo‘ymaslik kerak. Aziyatlarni to‘xtatib, mashinalarni bir chekkaga qo‘yib, iloji bo‘lsa, ba’zi qo‘shnilar duo olish maqsadida bir-birlari bilan kelib, sal uzoqroqqa qo‘yib kelsa… Imkon qadar piyoda kelish kerak aslida», — deydi muftiy.
Shu bilan birga, Musulmonlar idorasi raisi yosh bolalarni uylarda ushlashga chaqirdi. U yosh bolalar qarovsiz bo‘lib qolishi, piyoda ketayotib har xil holatlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.
«Bu oyda faqat iftorlikda bir-birimizning emas, balki yetim-yesirlar, beva-bechoralar, kambag‘allarning ko‘nglini olishga ko‘proq e’tibor berishimiz kerak», — deya ta’kidladi muftiy.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida bir qancha gaz «zapravkalari» faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston | 19:34
-
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi
Jahon | 19:26
-
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi
O‘zbekiston | 19:19
-
Rossiyalik ovchi Surxondaryoda noyob morxo‘rni ovlash uchun 100 ming dollar to‘lagani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 19:02
Mavzuga oid

20:31 / 31.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Haj ziyoratidagi o‘zbekistonliklardan xabar oldi

08:10 / 28.02.2025
Toshkentda tarovih namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi

20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi

13:56 / 02.07.2024