«Hurmatsizlik qilyapsiz». Tramp va Zelenskiy Oq uyda gap talashib qoldi
Zelenskiy Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari kerakligi va Kiyevni muzokaralar jarayoniga faol kiritish zarurligi haqida gapirganidan keyin Tramp uni tanqid qilishni boshladi.

Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi uchrashuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni tanqid qildi.
«Siz bizning mamlakatimizga hurmatsizlik qilyapsiz», — dedi Tramp Zelenskiyga. AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning «Amerika nimani his qilishini o‘rgatishga» haqqi yo‘q. «Siz urush boshidan beri noqulay sharoitdasiz», — deydi AQSh prezidenti.
«Siz minnatdor bo‘lishingiz kerak. Odamlar o‘lyapti, sizlarda harbiylar yetishmayapti. Siz bizga o‘t ochish to‘xtatilishini xohlayman yoki xohlamayman deya olmaysiz», — deya ta’kidladi Tramp.
«RBK-Ukraina»ning yozishicha, Zelenskiy Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari kerakligi va Kiyevni muzokaralar jarayoniga faol kiritish zarurligi haqida gapirganidan keyin Tramp uni tanqid qilishni boshlagan.
Tramp Zelenskiy bilan bahsni vitse-prezident Jyey Di Vens Ukraina prezidenti Oval kabinetda OAV vakillari qarshisida Amerika yetakchisi bilan gap talashayotganini aytganidan keyin boshladi.
Uchrashuv davomida Zelenskiy Ukrainaga «shunchaki o‘t ochishning to‘xtatilishi kerak emasligini», Rossiya bunday kelishuvni oldin ham buzganini ma’lum qildi.
«Bizga shunchaki o‘t ochishning to‘xtatilishi kerak emas. Biz bunday qilib ko‘rganmiz, Putin uni 25 marta buzgan», — deydi Zelenskiy. Bunga javoban Donald Tramp tomonlar tinchlik sulhini tuzsa, urush tugashini aytdi: «Rossiya urushga qaytishni xohlamaydi, hech kim xohlamaydi».
Jonli efir:
Mavzuga oid

21:10 / 10.03.2025
AQSh Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

01:10 / 10.03.2025
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin

09:51 / 07.03.2025
Kellog: AQSh Rossiya bilan munosabatlarni qaytadan boshlamoqchi

23:47 / 05.03.2025