Bloomberg: Turkiya Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor
Agentlikning xabar berishicha, Anqara Moskva va Kiyev bilan Turkiya tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborish masalasini muhokama qilmoqda. Erdo‘g‘an ma’muriyati bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Foto: Konstantin Eggert/DW
Turkiya o‘z harbiylarini Ukrainaga tinchlikparvar kuchlar sifatida yuborishga tayyor, deb xabar berdi Bloomberg 27 fevral, payshanba kuni manbalarga tayanib. Xabarda aytilishicha, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an fevral oyi boshida Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ukrainalik hamkasbi Volodimir Zelenskiy va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bu masalani muhokama qilgan.
Turkiyaning potensial o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kuzatishda yordam berishga tayyorligi Yevropadagi ittifoqchilar, jumladan, bu borada rejalar tuzayotgan Britaniya va Fransiya uchun muhim. Ammo, Bloomberg manbalari ta’kidlaganidek, Anqara agar u barcha maslahatlashuvlar va uni shakllantirishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha boshqa tadbirlarda qatnashmasa, tinchlikparvarlik missiyasining bir qismi bo‘lish niyatida emas.
Bloomberg maqolasi chop etilganidan ko‘p o‘tmay, Rossiyaning RIA "Novosti" axborot agentligi Erdo‘g‘an ma’muriyatiga tayanib, Turkiya Ukrainadagi vaziyatni hal qilish uchun diplomatik vositachilik qilishga tayyorligini, biroq qo‘shin yubormasligini ma’lum qildi. «Bizda bunday ma’lumotlar yo‘q, bu borada hech qanday rasmiy bayonotlar bo‘lmagan», — deya Turkiya prezidenti ma’muriyatining «rasmiy bayonotlarga tayanib» javobini keltirmoqda agentlik.
Rossiya Ukrainada NATO tinchlikparvar kuchlari bo‘lishini xohlamaydi
18 fevral kuni Rossiya TIV rahbari Rossiya NATOga a’zo davlatlar tinchlikparvar qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishini qabul qilib bo‘lmas deb bilishini ma’lum qildi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi bilan Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiya tomoni «mojaro allaqachon hal qilingan yoki kelishuvga erishilgandan so‘ng, ayrim qurolli kuchlarni, tinchlikparvar kuchlarni joylashtirish ehtimoli» mavzusini tilga olgan. «Biz bugun tushuntirdikki, bir xil NATO davlatlaridan bo‘lgan qo‘shinlar, qurolli kuchlar Yevropa Ittifoqi bayrog‘i ostida yoki milliy bayroqlar ostida paydo bo‘lishi bu borada hech narsani o‘zgartirmaydi. Bu, albatta, biz uchun nomaqbuldir», — dedi vazir.
Mavzuga oid

16:59
Frontdagi vaziyat: Moskva Kursk oblastidagi jiddiy yutuqlari haqida e’lon qilmoqda

13:48
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

13:19
Mask: Starlink hech qachon Ukrainadagi o‘z terminallarini o‘chirib qo‘ymaydi

23:40 / 09.03.2025