Istanbulda Rossiya va AQSh muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Qo‘shma Shtatlar hamda Rossiya elchixonalari faoliyatidagi muammolarga bag‘ishlangan muzokaralar 6,5 soat davom etdi.

Foto: RIA Novosti
Istanbulda 27 fevral kuni AQSh va Rossiya delegatsiyalarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat elchixonalari faoliyatidagi muammolarga bag‘ishlangan muzokaralar 6,5 soat davom etdi. TASSning yozishicha, Rossiya va AQSh delegatsiyalari muzokaralar o‘tkazilgan joyni matbuotga hech qanday izoh bermagan holda tark etgan.
Muzokaralarda kimlar ishtirok etgani noma’lum. RF Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga ko‘ra, mamlakat tomonidan muzokaralarda Rossiya—Amerika munosabatlariga mas’ul bo‘lgan TIV vakillari qatnashgan. Rossiya TIB rahbari Sergey Lavrov unda «yuqori darajadagi diplomatlar» va «ekspertlar» ishtirok etishi haqida gapirgandi.
Rossiya va AQSh Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi marta 18 fevral kuni Ar-Riyodda muzokaralar o‘tkazgandi. Tomonlar Rossiya—Amerika munosabatlari, ikki mamlakat prezidentlarining uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, Ukrainadagi urushni yakunlash masalalarini muhokama qilgan. Muzokaralar davomida Rossiya va AQSh Moskva hamda Vashingtondagi elchixonalari xodimlari sonini oldingi holatiga qaytarish, shuningdek, diplomatik idoralarning normal rejimdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olgandi.
Mavzuga oid

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37