O‘zbekiston | 11:42 / 26.02.2025
3979
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro kongress markazida Pokiston bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

Mavzuga oid