Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baxmalda “Open budget” puliga qurilgan yangi stadion 15 kunda qulab tushdi
Tumanning Mustaqillik mahallasidagi maktab hududida qurilgan sun’iy qoplamali stadion “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil 1-mavsumida g‘olib deb topilgan. “Suvinshootqurilishloyiha” MChJ tomonidan qurib bitkazilgan stadionning foydalanishga topshirilganiga hali bir oy ham bo‘lmagandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yaqindagina qurib bitkazilib, foydalanishga topshirilgan sun’iy qoplamali stadionning tom qismi qulab tushdi. Bu haqda Kun.uz’ning baxmallik kuzatuvchisi xabar berdi.
Tahririyatga jo‘natilgan foto va videolavhalarda ko‘rinishicha, stadionning tom qismi qorni ko‘tara olmay qulagan bo‘lishi mumkin. Bu paytda stadionda hech kim bo‘lmagan.
“Yaxshiyam qulaganda tagida bolalar bo‘lmagan. Milliard so‘mdan ortiq pul sarflandi bu stadionga. Shuncha pul qayerga ketdi, hayronmiz. “Tashabbusli budjet”da yutish uchun yonimizdan 160 mln so‘m sarflagandik”, deydi Kun.uz kuzatuvchisi.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, stadion tumanning Mustaqillik mahallasidagi 48-maktab hududida qurilgan. Loyiha “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil 1-mavsumida 4 mingdan ortiq ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan. Loyihada stadion bilan birga maktabning issiqlik tizimini yaxshilash, ikkita filiali atrofini temir panjaralar bilan o‘rash ham bo‘lgan. Loyiha uchun 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Loyiha g‘olib deb topilgach, tender orqali pudratchi tashkilot aniqlangan. O‘tkazilgan tenderda 6 ta talabgor firma qatnashgan. Shundan “Suvinshootqurilishloyiha” MChJ eng ko‘p ball to‘plab, 1 mlrd 190 mln so‘m taklifi bilan g‘olib bo‘lgan.
“Suvinshootqurilishloyiha” MChJ 2008 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Uning yagona ta’sischisi Ixtiyor Muxammadiyev hisoblanadi. MChJ o‘tgan yillar davlat buyurtmalari bo‘yicha o‘tkazilgan o‘nlab tenderlarda g‘olib bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi

09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi

17:56 / 14.06.2023
18 yoshli talaba “Open budget”dagi loyiha uchun ovoz yig‘ib berishni aytib fuqaroning 37 mln so‘m pullarini o‘zlashtirdi

16:48 / 03.04.2023