Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qotil» asteroid endi Yer uchun xavf tug‘dirmaydi
Tarix davomida kuzatilgan eng xavfli obektning Yer bilan to‘qnashish ehtimoli keskin pasayib ketdi.

Foto: Alejandro Miranda/Alamy Stock Photo
NASA tomonidan tuziladigan tahdidlar jadvalida birinchi o‘rinni egallagan 2024 YR4 asteroidi endi sayyoramiz uchun rasman xavfsiz deb e’lon qilindi. Olimlarning fikricha, uning orbitasiga aniqlik kiritilgandan so‘ng, 2032 yilda Yer bilan to‘qnashuv ehtimoli 1/20000 nisbatga tushib qoldi, bu «Torino shkalasi» bo‘yicha nolga to‘g‘ri keladi.
Asteroid 2024 yil dekabrida topilgan va dastlab to‘qnashuv ehtimoli 1/32 nisbatda berilgan, bu uning maqomini «Torino shkalasi» bo‘yicha uchinchi darajaga ko‘targan edi. Bu esa asteroidni tarix davomida kuzatilgan eng xavfli obektga aylantirdi. Biroq, keyingi ma’lumotlar astronomlarga uning trayektoriyasini qayta hisoblash imkonini berdi.
2024 YR4 bilan Yerning to‘qnashish ehtimoli endi «Torino shkalasi» bo‘yicha nol darajaga tushdi, ya’ni hech qanday xavf yo‘q.
Xavf yo‘qligiga qaramay, asteroid hali ham olimlarni qiziqtirmoqda. 2028 yilda u Yerdan 8 million kilometr masofada uchib o‘tadi va 2032 yilda u taxminan 270 ming kilometrga yaqinlashadi - bu Oyga qaraganda yaqinroqdir. Ushbu yaqinlashuv tadqiqotchilarga obektni batafsil o‘rganish imkonini beradi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, to‘qnashuv xavfini dastlabki ortiqcha baholash yangi asteroidlar kashf etilganda tez-tez uchraydigan hodisadir. Yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan ularning orbitalari yangilanadi va odatda falokat ehtimoli kamayadi. Ushbu holat zamonaviy kuzatuv tizimlari o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarayotganini va shu bilan insoniyat xavfsizligini oshirayotganini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston fuqarolari xalqaro dengiz kemalari va kruiz laynerlarida ishga joylashtiriladi
O‘zbekiston | 14:07
-
Yevroittifoq Temu'ni raqamli xizmatlar haqidagi qonunni buzganlikda aybladi
Jahon | 14:05
-
Xitoy poytaxtida kuchli yomg‘ir oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

21:52 / 21.06.2025
Olimlar birinchi marta Quyoshning sun’iy tutilishi qanday bo‘lishini ko‘rsatdi

21:33 / 12.06.2025
Tarixda birinchi marta Quyoshning janubiy qutbi suratga olindi

21:37 / 14.05.2025
Quyoshda 2025 yildagi eng kuchli chaqnash yuz berdi

14:20 / 14.05.2025