Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan "Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Markazlar yordamida ishlab chiqilgan loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug‘urtalash hamda xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarining 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 30 baravaridan oshmagan miqdori 2025 yil 31 dekabrga qadar qoplab beriladi.
Talabgor sug‘urtalash va sertifikatlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Biznes portal orqali elektron (onlayn) ariza va buyurtmanoma to‘ldirib, belgilangan hujjatlarni ilova qilgan holda Kichik biznesga ko‘maklashish markaziga murojaat qiladi.
Markaz arizani 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi hamda sug‘urtalash va sertifikatlash xarajatlarining bir qismini qoplab berish yoki qoplab berishni rad etish to‘g‘risida Biznes portal orqali elektron xulosa tayyorlaydi va bu haqida talabgorni xabardor qiladi.
Markaz xulosalarni ilova qilgan holda, hafta yakuni bo‘yicha keyingi haftaning birinchi ish kunida Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasiga buyurtmanoma yuboradi va bu haqida talabgorlarni xabardor qiladi.
Jamg‘arma taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq 3 ish kuni davomida xulosada ko‘rsatilgan talabgorning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazib beradi.
2025 yil 31 dekabrga qadar amal qiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
-
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi
Jahon | 11:31
-
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 11:16
Mavzuga oid

17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi

13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi

14:53 / 11.02.2025
Atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun majburiy sug‘urta joriy etiladi

21:05 / 09.01.2025