Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2024 yilda tabiiy ofatlar oqibatida global iqtisodiy zarar 320 mlrd dollarni tashkil etdi
Bu 2023 yilgi ko‘rsatkichlardan taxminan 30 foizga ko‘p. Dunyodagi eng yirik qayta sug‘urtalash kompaniyasi Munich Re’ga ko‘ra, o‘tgan yil davomida sug‘urtalangan zarar miqdori taxminan 140 mlrd dollarni tashkil etgan.

Foto: Getty Images
2024 yilda tabiiy ofatlar oqibatida dunyo iqtisodiyotiga yetkazilgan zararning umumiy miqdori 320 milliard dollarni tashkil etdi — bu 2023 yilgi ko‘rsatkichlardan taxminan 30 foizga ko‘p.
Dunyodagi eng yirik qayta sug‘urtalash kompaniyasi Munich Re’ga ko‘ra, sug‘urtalangan zarar miqdori taxminan 140 milliard dollarni tashkil etgan — bu 2017 yilda, AQShga «Harvi», «Irma» va «Mariya» to‘fonlari yopirilishi oqibatida yetkazilgan zarardan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.
Sug‘urtalangan zararlarning umumiy zarar hajmidagi ulushi qariyb 44 foizni tashkil etib, uzoq yillardan beri 30 foizni tashkil etayotgan ko‘rsatkichdan oshib ketgan.
2024 yilda global yo‘qotishlarning taxminan uchdan ikki qismi — 190 milliard dollari Shimoliy Amerika, shuningdek, Markaziy Amerika va Karib havzasidagi tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga kelgan. Bular, xususan, ikki haftalik farq bilan Floridaga yopirilgan «Milton» va «Helen» to‘fonlari bilan ham bog‘liq.
Bundan tashqari, sentabr oyida Xitoy va Vetnam sohillarida kuzatilgan «Yagi» to‘foni ham jiddiy ofatga aylangan. U yetkazgan iqtisodiy zarar 14 milliard dollarga baholanmoqda — sug‘urtalangan zararlar miqdori esa atigi 1,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Munich Re ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy hisobda 2024 yilda tabiiy ofatlar natijasida 11 ming kishi halok bo‘lgan — bu so‘nggi o‘n yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan (17,5 ming) kam.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 10:53
Mavzuga oid

17:12 / 26.05.2025
«O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi» tashkil etiladi

13:00 / 09.04.2025
Lloyd’s of London O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi

15:07 / 25.02.2025
Ayrim asbob-uskunalarni sug‘urtalash xarajati bir qismi qoplab beriladi

14:53 / 11.02.2025