Jamiyat | 11:30 / 24.02.2025
949
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy tibbiyot markazida bir vaqtda 3 ta jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi

Foto: Milliy tibbiyot markazi

19 fevral kuni Milliy tibbiyot markazida misli ko‘rilmagan tibbiy amaliyot o‘tkazildi.

Hindistonning Shinon kompaniyasi shifokorlari va Markaz transplantologlari hamkorligida bir vaqtning o‘zida 3 ta jigar transplantatsiyasi amalga oshirildi.

«Bu markaz tarixida ilk bor sodir bo‘layotgan yirik jarrohlik amaliyoti bo‘lib, 3 nafar donor va 3 nafar bemor bilan parallel ravishda operatsiya olib borildi.

Ushbu tarixiy qadam O‘zbekistonda transplantologiya sohasining yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolatdir», deyiladi markaz matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda uchala bemorning ham holati yaxshi va ular tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Mavzuga oid