Ekologik ekspertiza o‘tkazilishi shart bo‘lgan obektlar belgilandi
Qonun bilan davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan obektlar belgilandi.
«Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.
Qonunga ko‘ra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oshiriladi.
Ekologik ekspertiza obektlari quyidagilardan iborat va ular davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart:
- barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari;
- loyihaoldi va loyiha hujjatlari;
- tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yo‘riqnomalarning loyihalari;
- chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish bo‘yicha hujjatlar;
- atrof-muhitning holatiga va inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obektlar;
- maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan obektlar.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega bo‘ladi:
- atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan e’tiboran 3 yil mobaynida;
- ekologik normativlar loyihalari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan kundan e’tiboran 5 yil mobaynida.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid

10:30
Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar

08:46
Toshkentda madaniy meros obekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

10:04 / 08.03.2025
Utilizatsiya yig‘imining oshirilishi. Bu O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yomonlashtiradi

13:28 / 07.03.2025