Fan-texnika | 10:30
2911
2 daqiqa o‘qiladi

Oqilona ekologik siyosat tufayli Antarktika ustidagi ozon qatlami tiklandi - olimlar

Tadqiqotchilar ilg‘or kuzatuv texnologiyalari yordamida ozon qatlamidagi o‘zgarishlarni kuzatib kelmoqda.

Foto: Jahon meteorologiya tashkiloti/Flickr

2018 yildan boshlab Antarktika ustidagi hududda ozon qatlami asta-sekin tiklanmoqda. Massachusets texnologiya instituti olimi Van Peydun rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi o‘z izlanishlari natijalarini Nature jurnalida e’lon qildi.

“Barmoq izi” usuli tufayli olimlar kuzatuv jarayonlarini takomillashtirib, ozon qatlamining qayta tiklanishi haqidagi ma’lumotlarni tabiiy o‘zgarishlardan ajratib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Ular o‘z tadqiqotlarida maxsus MLS (Microwave Limb Sounder) va OMI (Ozone Monitoring Instrument) asboblaridan olingan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalandi. Ushbu uskunalar 2004 yildan buyon turli balandlikdagi ozon miqdorining kundalik o‘zgarishlarini kuzatishga yordam bermoqda.

Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Antarktika ustidagi ozon qatlami konsentratsiyasi 2005 yildan boshlab ortgan, biroq 2018 yilga kelib vaziyat yaxshilanishni boshlagan.

“Barmoq izi” usuli ozon qatlamining tiklanishiga to‘g‘ri ekologik siyosat katta hissa qo‘shganini tasdiqladi. Ushbu siyosat Monreal protokoli talablariga muvofiq ozonni yemiruvchi moddalardan ommaviy voz kechishni nazarda tutadi.

Mavzuga oid