Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi urush boshlanganidan beri eng yirik sanksiyalar paketini joriy etdi
Sanksiyalar ro‘yxatiga RFning «soyadagi floti»ning 40 ta kemasi, shuningdek, KXDR mudofaa vaziri ham kiritildi.

Foto: Bloomberg
Buyuk Britaniya hukumati Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabati bilan Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Britaniya TIVning ma’lum qilishicha, bu urush boshlanganidan beri joriy etilgan eng yirik cheklovlar paketi hisoblanadi.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatidan 107 ta pozitsiya o‘rin oldi. Cheklovlar Rossiyaning harbiy yetkazmalar zanjiriga, «soyadagi flot»ning 40 ta kemasi, shuningdek, «Kremlga foyda keltiradigan kleptokratlarga» qaratilgan.
Xususan, ro‘yxatga «Rosneft»ning sobiq rahbari Eduard Xudaynatov ham kiritilgan. 2022 yilda Italiyaning La stampa gazetasi huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, aslida Putinga tegishli ekani aytilgan «Shahrizoda» superyaxtasining rasmiy egasi Xudaynatov ekanini xabar qilgan edi.
Bundan tashqari, AEON korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi va «Novaport» aeroportlar tarmog‘i egasi Roman Trotsenkoga nisbatan ham cheklovlar joriy etildi. 2023 yilda internetda Trossnkoning ovozi deya taxmin qilingan telefon muloqoti tarqalgan edi — unda biznesmen Rossiya hukumatini tanqid qilgan.
Shuningdek, sanksiyalar ro‘yxatidan quyidagilar ham o‘rin oldi:
- «Tsargrad» telekanali bosh direktori Natalya Tyurina;
- «Maxsus aloqa bosh markazi» rahbari Ivan Gaychenya;
- Ekspobankning asosiy aksiyadori Igor Kim;
- S7 aviakompaniyasi hammuassisi Vladislav Filev;
- «Grant-Treyd» kompaniyasi rahbarlari Marat va Dinara Mustafayevalar;
- «Avtodom» kompaniyasi bosh direktori Andrey Olxovskiy;
- «Vkusno i tochka» egasi va senator Arsen Kanokov;
- KXDR mudofaa vaziri No Gvan Chxol va Shimoliy Koreyaning boshqa generallari hamda yuqori martabali amaldorlari;
- Xitoy, Hindiston, Tailand, Turkiya, Qirg‘iziston va Germaniya kompaniyalari — ikki xil maqsadga mo‘ljallangan tovarlar, stanoklar va elektronika ishlab chiqaruvchi hamda yetkazib beruvchilar.
Avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini qabul qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Sanksiyalar ro‘yxatiga O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasi ham kiritilgan.
Mavzuga oid

16:09 / 09.03.2025
Rishi Sunak: Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish kerak

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

19:58 / 07.03.2025
Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga birinchi milliard dollarni taqdim etdi

00:22 / 07.03.2025