Biznes muvaffaqiyati – “Brand Awards International” mukofotining diqqat markazida
O‘zbekistonda mashhur “Yil brendi” mukofoti bu yil nomi, logotipi, formatini o‘zgartirib, 2024 yildagi biznes muvaffaqiyatlar uchun barcha qatnashchilariga taqdim etiladigan xalqaro mukofotga aylandi.

Foto: Brand Awards International
O‘zbekiston marketing uyushmasi brendlar uchun VIII “Brand Awards International” mukofotida qatnashishga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qildi.
Har qanday biznes sohibining maqsadi – mahsulot yaratib, har bir iste’molchini uning qadriyatlariga oshno qilishdir. Bu yo‘lda eng yaxshi vosita ishonchli va mashhur brendni shakllantirishdir, u har bir iste’molchiga o‘zining eng nozik ehtiyojlarini qondirishda yordam beradi.
Hech birimiz u yoki bu brend haqida, uning qadriyatlari va foydalari haqida har doim ham yetarlicha axborotga ega bo‘lavermaymiz, ayniqsa gap mahalliy va unchalik mashhur bo‘lmagan brendlar haqida borsa. Buning oqibati o‘laroq, hamma potensial mijozlar ham o‘zlariga haqiqatan mos keladigan brend haqida xabardor bo‘lmaydi, brend esa, o‘z navbatida, munosib sotuvlarsiz qoladi.
Hayotimizda biz doim o‘zimiz uchun obro‘li bo‘lgan manbalar (do‘stlar, qarindoshlar, hamkasblar)dan tavsiyalar yordamida tanlovimizga tasdiq izlaymiz. Ayniqsa bu borada professionalning tavsiyasi qadrli. Bu har doim tanlovimizni yengillatadi va qarorlar qabul qilishda bizga dadillik beradi.
Buning uchun brend sohiblari asosiy, doimiy va sadoqatli, mahsulot nomi o‘zi shunchaki so‘z emas, balki haqiqiy sifat, qulaylik va shinamlik belgisi bo‘lgan mijozlar birinchi navbatda e’tibor beradigan brendning qadriyatlarini o‘z foydalanuvchilariga tushunarli shaklda qadoqlashi kerak.
Shu maqsadlarda “Brand Awards International” mukofotining tashkilotchilari mukofotda qatnashish va brendning eng muhim yutuqlarini taqdim etish, ularning qiymatini baholashning optimal formatini tayyorladi. Brendning muayyan sifat va miqdor xarakteristikalari asosida, qadrlilik va kelgusidagi ishonchlilik nuqtai nazaridan, iste’molchi brendning o‘tgan yildagi yutuqlari to‘g‘risidagi eng muhim axborotga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Mukofotda qatnashish uchun marketing.uz saytida ariza topshirish, brif savollariga javob berish va brend qiymatini hisoblab chiqish uchun axborotni taqdim etish kerak. Brend qiymati faqat mukofot ishtirokchisining istagiga ko‘ra hisoblab chiqiladi va chop etiladi. Olingan sifat va miqdor ma’lumotlari hamda yutuqlar asosida ekspert hay’ati sovrinlar taqdim etadi. Mukofotda istalgan mamlakatdan istalgan brend qatnashishi mumkin.
“Kompaniyangizning brendi qancha turishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? O‘zingiz tikayotgan har bir narsa – vaqt, pul, sa’y-harakat – hammasi real natija keltirishi lozim. Qarangki, brend qiymatini hisoblab chiqsa bo‘lar ekan. Bo‘lganda ham, bu qog‘ozdagi raqam emas, balki sadoqatli auditoriya tufayli biznes oladigan real foyda bo‘ladi, - deya qayd etadi O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov. – Biznes sohibi birgina maqsad uchun ter to‘kadi – bu brend qiymati, u mahsulotning takomillashuvini, iste’molchi uni tanishini, sifat nazorati, raqobatchilarni o‘rganish, jamoani shakllantirish kabilarni o‘z ichiga oladi. Brend bu – logotipning o‘zigina emas, brend bu – kompaniya va mahsulotni yaqin yillarda rivojlantirishning iste’molchilar uchun tushunarli va ular uchun maqbul ravshan strategiyasidir”.
Iste’molchi tom ma’noda qimmatga ega brendli bo‘lishni istaydi, shu sababli katta brendlar tizimli ravishda o‘z qiymatini e’lon qilib boradi.
2024 yildagi dunyoning eng qimmat brendlari – InterBrand talqiniga ko‘ra – Apple ($488,9 mlrd), Microsoft ($352,5 mlrd), Amazon ($298,1 mlrd), Google ($291,3 mlrd), Samsung ($100,8 mlrd) va bu brendlarning har bir iste’molchisi o‘z e’tibori va xaridlari bilan ularning rivojlanishiga investitsiya kiritayotganini tushunadi.
Agar brendingiz ulkan bo‘lmasa, u bozordagi ulushi va o‘z sadoqatini hamyonlari orqali ifodalaydigan iste’molchilar sonidan qat’i nazar, aynan o‘z iste’molchilari nazdidagi qiymatining salmog‘ini bilishi lozim.
Arizalar 2025 yil 28 martgacha qabul qilinadi. Ishtirok etish shartlari va mukofot haqidagi nizom bilan marketing.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Bosh hamkor – KAPITALBANK
Reklama huquqi asosida