24 fevral kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ertaga, 24 fevral kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+9 daraja, kunduzi +15...+17 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...–5 daraja, Ustyurtda kechasi –10...–15 daraja, kunduzi –3...–8 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin), ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja, Navoiy viloyati shimolida kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi, 23–25 metr/soniyagacha yetishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

10:47 / 15.03.2025
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

12:37 / 14.03.2025
Hafta oxirida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

11:04 / 11.03.2025
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

13:44 / 09.03.2025