Jahon | 15:05 / 22.02.2025
13917
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik dezertir kasalxonaga yotqizilgan harbiylar haqidagi ma’lumotni oshkor qildi

Jurnalistlar 2022 yil yanvaridan 2024 yil iyunigacha Rossiya Federatsiyasi va Qrimdagi harbiy gospitallarda davolangan 166 ming bemor haqidagi ma’lumotlardan iborat ma’lumotlar bazasiga ega bo‘ldi.

Foto: Kristina Kormilitsyna/dpa/picture alliance

Rossiya Qurolli kuchlarining 144-gvardiya motoo‘qchilar diviziyasining yaradorlarini evakuatsiya qilish bo‘limi sobiq qo‘mondoni, Fransiyaga jo‘nab ketgan Aleksey Jilyayev jurnalistlarga Mudofaa vazirligining Bosh harbiy-tibbiy boshqarmasi (GVMU) ma’lumotlar bazasini taqdim etdi, unda 2022 yil yanvardan 2024 yil iyun oyi o‘rtalarigacha kasalxonaga yotqizilgan 166 000 bemor haqida yozuvlar bor. Ushbu ma’lumotlar bazasi tahlili 21 fevral, juma kuni OAV tomonidan e’lon qilindi.

Boshqa narsalar qatorida, ma’lumotlar bazasida o‘zini «LXR» va «DXR» deb e’lon qilgan hududlar, Belarus hamda Ukrainaning Xerson va Zaporijjya oblastlarining bosib olingan hududlarida fuqarolik kasalxonalarida davolangan yaradorlar haqida cheklangan miqdordagi ma’lumotlar mavjud. Yozilishcha, ma’lumotlar bazasida bir necha yuz nafar yarador deb taxmin qilingan ukrainalik harbiy asirlar (ular «UQK» deb belgilangan) haqidagi ma’lumotlar ham mavjud. Jurnalistlar o‘z ro‘yxatini ukrainalik hamkasblariga topshirishdi.

«Davolanish uchun yuborilgan yaradorlar "yo‘qolib" qolmasligi uchun» ma’lumotlar harbiy qismlarga yuboriladi», — deyiladi nashrda, shu bilan birga, ma’lumotlar bazasi to‘liq emas: «Ko‘pchilikda tug‘ilgan sanasi, tashxisi, jarohati og‘irligi, kasalxonadan chiqqan sanasi, davolanish natijalari va reabilitatsiyaga yuborilgani haqidagi ma’lumotlar yo‘q».

Ukrainadagi jami yaradorlar sonini aniqlash imkonsiz

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar bazasi asosida yaradorlarning umumiy sonini aniqlab bo‘lmaydi, chunki bunda yengil jarohatlar bilan davolangan askarlar frontga qaytarilgan holatlar hisobga olinmaydi. Shu bilan birga, ma’lumotlar bazasida urush bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan kasalxonaga yotqizish holatlari mavjud.

Jurnalistlar ochiq manbalar va ijtimoiy tarmoqlardan yarador askarlar haqida ma’lumot to‘plashga urinib, tasodifiy namuna yordamida ma’lumotlar bazasi ishonchliligini tekshirdi.

Mavzuga oid