Shavkat Mirziyoyev mudofaa tizimi raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni Mudofaa sanoati agentligining Innovatsion texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or ishlanmalar, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan tanishdi.
Mazkur Innovatsion texnologiyalar markazida 80 ga yaqin harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, robototexnika va uchuvchisiz apparatlar bo‘yicha startap loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Tashrif chog‘ida harbiy texnikaning yangi namunalari, mudofaa sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli loyiha va rejalar taqdimot qilindi.
Davlat rahbari bu birinchi qadamlar bo‘lganini aytib, mudofaa tizimining raqobatbardoshligini oshirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Ishlab chiqarishni muntazam takomillashtirib, yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish, bunda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellektdan keng foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, buyurtma asosida sohaga xususiy sektorni kengroq jalb etib, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulot turlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yangi ish o‘rinlari yaratish, mutaxassislarni tizimli tayyorlash, yangi texnikalar bo‘yicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston mudofaa sanoati korxonalari xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalarda faol ishtirok etmoqda. Xususan, joriy yilning 17-21 fevral kunlari Abu-Dabi shahrida (BAA) bo‘lib o‘tayotgan IDEX-2025 ko‘rgazmasida mamlakatda ishlab chiqarilgan 100 dan ortiq harbiy texnika va mahsulotlar namunalari namoyish etilmoqda. Xorijiy hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otgan "Arslon 8×8" va "Arslon 6×6" zirhli transportyorlar, "To‘fon" o‘ziyurar gaubitsasi shular jumlasidan.
Tashrif yakunida prezident mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rsatib, mutasaddilar oldiga mahsulotlarning yuqori sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish va mahalliy korxonalarning xalqaro bozordagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan aniq vazifalar qo‘ydi.
Mavzuga oid

21:18 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Tadbirkor ayollar kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi

20:41 / 07.03.2025
Har yili kamida 200 nafar qiz dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuboriladi

20:29 / 07.03.2025
Shavkat Mirziyoyev: Uy-ro‘zg‘or ishlaridan ortib, ta’lim olayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari

19:13 / 07.03.2025