Zalujniy Ukraina bosh qo‘mondoni sifatida eng katta xatosini aytdi
General so‘zlariga ko‘ra, u o‘z rejalarini Rossiya armiyasi og‘ir yo‘qotishlar tufayli to‘xtashga majbur bo‘lishini kutishga asoslagan.

Foto: AP
Ukraina qo‘mondonligi Kremlning Ukrainani yo‘q qilish uchun yo‘qotishlarga tayyorligini yetarlicha baholamadi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni, hozir Ukrainaning Londondagi elchisi Valeriy Zalujniy aytib o‘tdi.
General so‘zlariga ko‘ra, u o‘z rejalarini Rossiya armiyasi og‘ir yo‘qotishlar tufayli to‘xtashga majbur bo‘lishini kutishga asoslagan. Biroq, bu baholash noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan.
«Bu mutlaqo mening xatom edi. Bugun biz Rossiya uchun inson resurslari eng arzon ekanini ko‘rib turibmiz. Rossiya, albatta, insoniy yo‘qotishlarni hisobga olmaydi va eng og‘ir yo‘qotishlar orqali bo‘lsa-da o‘z maqsadiga erishishga tayyor. Buni hisobga olish kerak», dedi Zalujniy.
Shu bilan birga, u rossiyaliklarga maksimal zarar berish Ukraina mudofaa kuchlari uchun hamon dolzarb vazifa bo‘lib qolayotganiga ishonch bildirdi.
Bundan tashqari, Zalujniy urushdan keyingi prezidentlik saylovida qatnashish imkoniyatiga baho berdi.
«Ba’zi shartlar kelib qolsa, men davlat xizmatida, bevosita davlat ishida ishlayotgan inson sifatida bu kabi savollarga javob berishga tayyor bo‘laman, deb o‘ylayman. Bizda bitta vazifa turibdi: mustahkam turish va davlatimizni saqlab qolish va shundan keyingina boshqa narsa haqida o‘ylash mumkin bo‘ladi», dedi u.
Mavzuga oid

23:00
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59