Yaponiya sobiq bosh vaziri Kisidaga hujum qilgan yigit 10 yilga qamaldi
U Vakayama prefekturasidagi saylovoldi mitingida Fumio Kisidaga qo‘lbola portlovchi qurilmani otgandi. Sudda ayblanuvchi hukumat rahbarini o‘ldirishni emas, jamoatchilik e’tiborini tortmoqchi bo‘lganini bildirdi.

Foto: Reuters
Vakayama okrug sudi sobiq bosh vazir Fumio Kisidaga hujum qilgan 25 yoshli Ryudzi Kimurani aybdor deb topdi. Kyodo agentligiga ko‘ra, u 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ayblov tomoni Kimura uchun 15 yil qamoq jazosi so‘ragan.
2023 yil aprelda Ryudzi Kimura Vakayama prefekturasidagi saylovoldi mitingida Fumio Kisidaga qo‘lbola portlovchi qurilmani otgandi. Portlash oqibatida politsiya xodimi va tadbir ishtirokchilaridan biri jarohat olgan, Kisidaga esa hech qanday zarar yetmagandi.
Sud hukmiga ko‘ra, Ryudzi Kimura o‘z harakatlari bosh vazirning o‘limiga olib kelishi mumkinligini tushungan. Ayblanuvchi hukumat rahbarini o‘ldirish niyatida bo‘lmagani, ammo jamoatchilik e’tiborini tortishga uringanini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqeadan oldinroq yigit qonunchilikni o‘zgartirish va parlament saylovlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha sudga da’vo kiritgan. Uning da’vosi rad etilganidan keyin Ryudzi Kimura ijtimoiy tarmoqlarda Yaponiyani «demokratiyaga qarshi despotik davlat» deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentabr oyida Fumio Kisida ko‘plab mojarolar sabab saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgandi. Kisida ushbu «og‘ir qaror» mamlakatda «siyosiy islohotlarni oldinga siljitish» istagi sabab qabul qilinganini bildirgandi.
Mavzuga oid

23:25 / 04.03.2025
Yaponiyada o‘rmon yong‘inlari 2,6 ming gektar maydonni qamrab oldi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

21:44 / 03.03.2025
Yaponiya tashqi ishlar vazirining Rossiyaga kirishi taqiqlandi

16:42 / 03.03.2025