Yermak AQSh bilan muzokaralar haqida: Kiyev «qizil chiziqlar»ni belgilab oldi
Ukraina prezidenti devoni rahbari Myunxenda AQSh delegatsiyasi bilan «aniq suhbat» bo‘lganini bildirdi. Yermakning so‘zlariga ko‘ra, MSC'da sodir bo‘lgan voqea urushni tugatish rejasi ishlab chiqilayotganidan dalolat berishi mumkin.

Foto: DW
Ukraina prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak 16 fevral, yakshanba kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi (MSC)da AQSh delegatsiyasi bilan muzokaralar chog‘ida Kiyev «o‘z manfaatlarining qizil chiziqlarini aniq belgilab olganini» aytdi. Yermakning so‘zlariga ko‘ra, ushbu anjumanda sodir bo‘lgan voqea «urushni tugatish rejasi ishlab chiqilishidan dalolat berishi mumkin».
«AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens va AQSh prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog bilan haqiqatdan ham mazmunli suhbat bo‘ldi. Nodir yer resurslari bo‘yicha kelishuv haqidagi suhbat o‘ziga xos jihatlarga to‘la bo‘ldi, ammo uni qayta ko‘rib chiqish uchun hali ham vaqt va g‘oyalar talab etiladi», — deb yozdi Yermak o‘zining Telegram-kanalida.
Ukrainalik siyosatchi, shuningdek, MSC doirasidagi «har bir uchrashuvda, har bir muloqotda» Kiyev Ukraina va YeIsiz «Yevropa xavfsizligi bo‘yicha muloqot» bo‘lishi mumkin emas degan pozitsiyani himoya qilganini ta’kidladi. Yermak, shuningdek, Kiyev ishtirokisiz urushni tugatish haqidagi har qanday kelishuv qabul qilinmasligini eslatdi.
Ukraina prezidenti devoni rahbari Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv haqida ham gapirdi. Suhbat davomida Yermak unga yaqinda Chernobil AESga qilingan hujumni eslatdi. «Moskva dunyoga yadroviy tahdid solmoqda», — dedi Yermak.
Yermak: «Putin hech qachon qoidalarga ko‘ra o‘ynamaydi»
14 fevralda, MSC ochilish kunida Andrey Yermak Kit Kellog bilan uchrashib, «barqaror tinchlikka erishish» bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirishga urinib ko‘rdi. Suhbat chog‘ida Yermak Kellogga Rossiya prezidenti Putin «hech qachon qoidalarga ko‘ra o‘ynamasligini» aytdi va uni «o‘zini aldab qo‘ymaslikka» chaqirdi. «Ruslar faqat kuchni hurmat qiladi va undan foydalanmayotganlarni mensimaydi. Rossiya va’da berganida emas, majbur bo‘lganda to‘xtaydi», — deydi u.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025