O‘zbekiston | 10:58 / 17.02.2025
12040
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida aksariyat hududlarda quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduz kunlari +15…+20 darajagacha ko‘tariladi, kechalari +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va bahoriy iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet agentligi.

Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni havoni keskin sovuq bo‘lganidan so‘ng harorat tez ko‘tarila boshlaydi va kunning o‘rtasiga kelib havo +8…+13 darajagacha isiydi.

18–19 fevral kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va 19 fevral kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida kunduz kunlari havo +15…+20 darajagacha ko‘tariladi. Sinoptiklarga ko‘ra, bu harorat mart oyi oxiri va aprel oyi boshidagi iqlim ko‘rsatkichlariga mos keladi.

Harorat kechalari +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 18 fevralda ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi.

Toshkentda shahrida 17–20 fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. 17–19 fevral kunlari harorat asosan kechalari 0…+3 daraja, kunduz kunlari +11…+14 daraja, 20–21 fevral kunlari kechalari +2…+5 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +15…+18 darajagacha ko‘tariladi.

Mavzuga oid