Hindistondagi vokzalda tiqilinch yuz berdi. Kamida 18 kishi halok bo‘ldi
Nyu-Dehli temiryo‘l vokzalida sodir bo‘lgan tiqilinch oqibatida halok bo‘lganlar orasida besh nafar bola ham bor. Holat yuzasidan politsiya tergov harakatlarini boshlagan.

Foto: AP
Hindistonning Nyu-Dehli temiryo‘l vokzalida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi NDTV telekanali.
«Nyu-Dehli temiryo‘l stansiyasida yo‘lovchilarning poyezdga o‘tirishga urinishi natijasida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 18 kishi, jumladan, 11 nafar ayol va besh nafar bola halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi», — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Prayagraj Express poyezdi jo‘nab ketishga tayyorlanayotgan vaqtda temiryo‘lning 14-platformasida odam ko‘p bo‘lgan. Yo‘lovchilarning aksariyati Prayagraj shahriga ketadigan poyezdni kutib turgan — shu kunlarda ushbu mamlakatda yirik diniy festival nishonlanmoqda.
Shuningdek, boshqa ikkita poyezd — Swantrata Senani Express hamda Bhubaneshwar Rajdhani Express’ning ham ushlanib qolishi sabab 12, 13 va 14-sonli platformalar odamga to‘lib ketgan.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sodir bo‘lgan fojia munosabati bilan halok bo‘lganlarning qarindoshlariga hamdardlik bildirgan va jarohat olganlarning tezroq tuzalib ketishini tilagan.
Holat yuzasidan politsiya tergov harakatlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida Kumbh Mela diniy festivali vaqtida yuz bergan tiqilinchda kamida 30 kishi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

20:10 / 16.03.2025
Hindistonda kamyob sherlar ikki haftada uch kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi

20:13 / 13.03.2025
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

00:10 / 13.03.2025
Hindistonda Rossiyaga aloqador navbatdagi «kripto qiroli» hibsga olindi

11:06 / 12.03.2025