Germaniya mudofaa vaziri Vensning Myunxendagi nutqini tanqid qildi
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Yevropani avtoritar rejimlar bilan solishtirgani uchun tanqid qildi.

Foto: Michaela Stache/AFP
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius 14 fevral, juma kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasida AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensning Yevropadagi so‘z erkinligi haqidagi so‘zlarini tanqid qildi.
«Agar men uni to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, u Yevropaning ba’zi qismlaridagi sharoitni avtoritar rejimlar sharoitiga qiyoslayapti», — dedi Pistorius. «Bu qabul qilib bo‘lmaydigan narsa va bu men yashayotgan va hozir himoya qilayotgan Yevropa emas va demokratiya emas», deb davom etdi u.
Federal vazirning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya demokratiyasida «har qanday fikr bildirilishi mumkin», bu «Germaniya uchun muqobil» (GuM) kabi qisman ekstremistik partiyalarga boshqa partiyalar kabi mutlaqo normal kampaniya o‘tkazish imkonini beradi». Pistorius, shuningdek, GuMdan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Alis Vaydel 13 fevral, payshanba kuni bu lavozimga boshqa da’vogarlar qatorida nemis televideniyesida nutq so‘zlaganini eslatdi.
AQSh vitse-prezidenti Vens Yevropa siyosatini tanqid qildi
Avvalroq Jyey Di Vens Myunxen xavfsizlik konferensiyasida so‘zlagan nutqida Yevropa davlatlarining migratsiya, so‘z erkinligi va xavfsizlik sohasidagi siyosatini tanqid qilgan edi. «Yevropa uchun meni eng ko‘p tashvishlantirayotgan tahdid bu - Rossiya yoki Xitoy yoki boshqa tashqi aktor emas. Meni ichkaridan kelayotgan tahdid, Yevropaning AQSh bilan baham ko‘rgan eng muhim qadriyatlaridan chekinishi xavotirga solmoqda», dedi u.
AQSh vitse-prezidenti, shuningdek, «xavfsizlik devori qurmaslik» va «kelajakdan qo‘rqmaslikka» chaqirdi. Avvalroq u Amerikaning The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Myunxenda nemis siyosatchilarini barcha partiyalar, jumladan GuM bilan hamkorlik qilishga chaqirishni rejalashtirayotganini aytgandi. «Afsuski, saylovchilarning xohish-irodasiga ko‘plab yevropalik do‘stlarimiz e’tibor bermadi», dedi u jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga javoban Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt «do‘st davlatning ichki ishlariga aralashmaslikka» chaqirdi.
O‘z navbatida, GuMdan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Alis Vaydel X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida Vensning nutqini «ajoyib» deb atadi.
Mavzuga oid

11:28 / 21.02.2025
AQSh vitse-prezidenti: Yangi qurol yetkazib berish Ukrainaga yordam bermaydi

23:49 / 17.02.2025
Vensning nutqi: Amerika Yevropadan yuz o‘girdimi?

20:23 / 14.02.2025
Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha konferensiya boshlanmoqda

16:46 / 13.02.2025