Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona 1,3 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagani aniqlandi
Xorazm viloyati Urganch tumanida 1,3 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlagan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona aniqlandi.

Foto: Prokuratura departamenti
Prokuratura departamenti xabar berishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va Urganch tumani IIB xodimlari hamkorligida “E-K” MChJga qarashli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi va novvoyxona binosida o‘tkazilgan o‘rganishda aniqlangan.
MChJ mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 512,6 ming kub metr tabiiy gazdan o‘g‘rilik yo‘li bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

09:02 / 05.03.2025
Qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

14:14 / 22.02.2025