O‘zbekiston | 16:16 / 15.02.2025
6833
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn olish mumkin

Xizmatdan foydalanish uchun YaIDXP orqali arizani onlayn to‘ldirish kerak.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) avtomobilga gaz uskunasini o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish xizmati paydo bo‘ldi.

Xizmatdan foydalanish uchun arizani onlayn to‘ldirish kerak. Vakolatli organ ariza beruvchiga arizaning ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida elektron shaklda 10 kun ichida ma’lumotnoma taqdim etadi.

Agar avtomobil yangi bo‘lsa, hisob-fakturani ham ilova qilish kerak bo‘ladi.

Avtomobillarga gaz uskunasini o‘rnatish uchun arizani ko‘rib chiqish yig‘imi miqdori 0,3 BHM (112 500 so‘m) qilib belgilangan.

Mavzuga oid