1 dekabrdan fuqarolik va migratsiya sohasida davlat xizmatini ko‘rsatish soddalashtiriladi 

O‘zbekiston 11:49 / 01.12.2022 3988

Fuqarolik va migratsiya sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish amaliyotini bartaraf etish maqsad qilingan.

Bunda, fuqarolar familiyasi, ismi, otasi ismi, millati, tug‘ilgan sanasi o‘zgargani yoki yozuvlarda noaniqliklar aniqlangani munosabati bilan yangi identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirishda ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilingan holda mazkur holatlarni elektron tizim orqali tekshirish yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, jinoiy jazoni o‘tab chiqqan fuqarolarga yangi identifikatsiyalovchi ID-kartani rasmiylashtirishda ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni elektron tizim orqali olish tartibi joriy etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: