O‘zbekiston | 12:58 / 14.02.2025
16735
1 daqiqa o‘qiladi

Wi-Fi router o‘rnatilgan Equinox jarima maydonchasiga joylashtirildi

Andijonda Wi-Fi router o‘rnatib harakatlangan Equinox haydovchisiga chora ko‘rildi. 

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi qayd etishicha, ijtimoiy tarmoqlarda 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi A.T.ga tegishli bo‘lgan Equinox rusumli transport vositasiga ruxsat etilmagan qurilma (Wi-Fi antenna) o‘rnatib olgan holatda harakatlangani aks etgan video keng jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor surishtiruv davomida qoidabuzar haydovchi aniqlanib, unga nisbatan bayonnoma tuzilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

O‘rganish davomida ushbu haydovchi o‘tgan bir yil davomida o‘ndan ortiq qo‘pol turdagi qoidabuzarlik sodir etgani va har bir holat uchun tegishli choralar ko‘rilgani aniqlandi. 

Mavzuga oid