O‘zbekiston | 14:56 / 14.02.2025
31561
1 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda o‘quvchilar ko‘z o‘ngida o‘qituvchiga tarsaki tushirildi

O‘quvchilardan birining onasi ekanligi aytilayotgan ayol sinf xonaga kirib o‘qituvchining bo‘ynidan olgan va tarsaki tushirgan. Voqea pedagog o‘quvchini nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganidan keyin bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda holat Maktab vazirligi tomonidan nazoratga olingan, o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Sirdaryo tumanidagi 1-sonli maktabda bir ayolning sinf xonasida o‘qituvchiga tarsaki tushirgani aks etgan videolar bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova munosabat bildirdi.

Ta’kidlanishicha, holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan.

Sirdaryo viloyati MMTB ishchi guruhi o‘rganmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra tez orada jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi izohda.

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoda qora kiyimdagi ayol sinf xonasida o‘qituvchining bo‘ynidan olib, undan xonadan chiqib ketishini talab qilgan va yuziga tarsaki tushirgani aks etgan.

Xʼdagi sahifasida ushbu videoni ulashgan tarmoq foydalanuvchisi pedagog o‘quvchilardan birini uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgani va shu sababli uning onasi o‘qituvchi bilan janjallashgani haqida izoh qoldirgan.

Mavzuga oid