O‘zbekiston | 11:55 / 14.02.2025
12925
2 daqiqa o‘qiladi

Hafta oxirida hududlarda yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan boshqa hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat +3…+6 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Foto: Kun.uz

Yakshanba kuni O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-g‘arbiy hududlaridan tashqari) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.

Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati shimolida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

14–15 fevral kunlari havo harorati +7…+10 darajagacha ko‘tariladi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat +3…+6 darajagacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0…+5 daraja bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 16 fevral, yakshanba kuni ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Toshkent shahrida juma kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15 fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Juma va shanba kunduzi harorat +7…+10 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni +3…+6 darajagacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0…+3 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid