«Bu juda yoqimsiz» - Zelenskiy Tramp dastlab Putin bilan gaplashgani haqida

Jahon 21:16 / 13.02.2025 9662

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xmelnitskaya AESga ishchi safari vaqtida Donald Tramp tomonidan urushni yakunlash bo‘yicha boshlangan muzokaralar yuzasidan izoh berdi

Quyida uning bayonotining qisqacha mazmuni keltiriladi.

«Tramp bilan deyarli bir soat davomida chindan ham yaxshi suhbat qurdik. Tramp Putin tinchlikni va urush yakunlanishini istayotgandek tuyulayotganini aytdi. Va u shunday dedi: «Men bilaman, sen ham shuni xohlaysan». Men unga dedim: «Siz Putin bilan gaplashganda uni Rossiya davlati rahbari sifatida ko‘rasiz, men siz bilan gaplashganda uni dushman sifatida o‘ylayman. Va men unga ishonmayman».

Men aytdimki, hamma Putinni Ukraina uchun adolatli sulh tuzishga majburlamoqchi, lekin bu osonligiga ishonmayman. Men aytdimki, biz uchun prioritet — bu xavfsizlik kafolatlari. Bizda oldin ham bitta otashkesim bo‘lgandi — g‘alla kelishuvi. Rossiya esa bu kelishuvni buzdi. Va ular har qanday holatda ham [kelishuvni] buzishadi. Shuning uchun xavfsizlik kafolatlarisiz foydasi yo‘q. Men amerikaliklar Ukraina NATOda bo‘lishini istamayotganidan xabardorman va biz uchun bu juda og‘ir bo‘ladi. U holda bizga qurol va AQSh hamda Yevropa harbiy kontingentini bering.

Tramp aytdiki, bir vaqtning o‘zida ikki prezident — Rossiya va Ukraina prezidentlari bilan gaplashmoqchi bo‘lgan. U Putin bilan gaplashish — prioritet bo‘lmaganini aytdi va men unga ishondim. Chindan ham, Tramp avvaliga Rossiya bilan bog‘langani yoqimsiz, Ukraina va Yevropa bunga qanday qarashini bilasiz — Ukraina haqida Ukrainasiz he qanday muzokara bo‘lmaydi. Qo‘ng‘iroq o‘z yo‘liga, men barchasini tushunaman, ammo biz uchun muhimi uchrashuvlar. Faqat AQSh va Ukraina uchrashib, Putinni qanday to‘xtatish rejasi ishlab chiqilganidan keyingina, rossiyaliklar bilan gaplashish adolatdan bo‘ladi. Biz uchun muzokaralar stolida yevropaliklar ham bo‘lishi muhim. Muzokaralar formati shunday bo‘lishi mumkinligini hamma biladi — Amerika, Ukraina va Rossiya. Yevropa qani? Men Yevropa bo‘lishidan juda manfaatdorman. Hammasi qanday bo‘lishi noma’lum, lekin biz bardoshli bo‘lishimiz kerak».

Ko‘proq yangiliklar: