Ukrainaga 40 ming kishilik tinchlikparvar kuchlarni yuborish ham YeI uchun qiyinchilik tug‘diradi - NYT

Jahon 18:39 1644

Uning so‘zlariga ko‘ra, hatto 40 ming harbiyni yuborish ham Yevropa uchun qiyin masala hisoblanadi. Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, buncha harbiy xizmatchi Rossiyani haqiqatda tutib qolishni ta’minlash uchun yetarli emas.

London Qirollik kolleji harbiy tadqiqotlar professori Lourens Fridmanning hisoblashicha, muntazam rotatsiyalar va favqulodda vaziyatlarda samarali ishlash uchun 100 mingdan ortiq tinchlikparvar kuchlar talab etiladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2025 yil yanvar oyida Davosta o‘tkazilgan iqtisodiy forumda chiqish qilib, Rossiya—Ukraina urushini hal qilish uchun Yevropa kamida 200 ming kishilik tinchlikparvar kuchlarni yuborishi kerakligini aytgandi.

Keyinroq The Guardian’ga bergan intervyusida Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning tinchlik sulhi imzolanganidan keyin Ukrainaga joylashtirilishi mumkin bo‘lgan Yevropa tinchlikparvar kuchlarini yaratish taklifiga izoh berdi. Ukraina yetakchisining fikricha, bunday missiya u faqat katta ko‘lamda tashkil etilsagina o‘zini oqlaydi. «Agar u yerda 100-150 ming yevropalik harbiylar bo‘lsa, unda ha. Ammo shunda ham bizdagi harbiy xizmatchilar soni Rossiya armiyasinikidan kam bo‘ladi», — degan edi Zelenskiy.

Shuningdek, Bloomberg uchun intervyuda Zelenskiy 200 ming raqami ko‘proq majoziy ekani va kontingentning haqiqiy soni Rossiya talab qiladigan ukrain armiyasi miqdoriga bog‘liq bo‘lishi kerakligini aytgan. «Agar biz uni [ukrain armiyasini] 200 mingga, 300 yoki 500 mingga qisqartirsak, qisqartirganimiz o‘rniga boshqa qo‘shinlar kerakligini anglatadi», — degan Ukraina prezidenti.

Ko‘proq yangiliklar: