Yanina Kuskova veloshosse bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport 12:05 1323

Unda O‘zbekiston sharafini milliy terma jamoa a’zosi, tajribali Yanina Kuskova himoya qildi. U mazkur dasturda eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalga ega chiqdi:

Yanina Kuskova — 42:50.566 (O‘zbekiston);
Safiya Al Sayeh — 43:50.463 (BAA);
Tsuyaka Uchino — 44:03.610 (Yaponiya).

Bugun Osiyo chempionatining to‘rtinchi kungi bellashuvlari tashkil etiladi. Kun davomida yosh yigitlar, ayollar va U-23 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida individual vaqt poygasi bo‘lib o‘tadi:

yoshlar, individual vaqt poygasi - 13:00-15:00. Tarkib: Artur Strelsov;
ayollar va U-23 qizlar, individual vaqt poygasi - 15:00-17:00. Tarkib: Yanina Kuskova, Asal Rizayeva.

Dastur Bueng Si Fay ko‘llar tizimi hamda Pichit provinsiyasi oralig‘ida tashkil etiladi.

Shuningdek, Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning so‘nggi kunida guruh poygalari davom ettirildi va unda terma jamoaning 8 nafar a’zosi shohsupaga ko‘tarildi:

Oltin
Aziz Otaxo‘jayev (T1)
Marjona Pardaboyeva (T1)
Odina Hamdamova (T2)

Kumush
Zarifa Mo‘minova (T1)
Fotima Haydarova (T2)
Bahodir Odinayev (T2)

Bronza
Saidjabbor Dadaxonov (T1)
Jasur Ilhomov (T2).

Yakuniy natijalarga ko‘ra, terma jamoa a’zolari qit’a birinchiligida 12 ta oltin, 9 ta kumush va 5 ta bronza, jami 26 ta medalga sazovor bo‘lishdi va umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

Ko‘proq yangiliklar: