Trampning XJSga qarshi sanksiyalari Putin uchun sovg‘a - Newsweek
AQSh prezidenti Donald Trampning Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga nisbatan joriy etgan sanksiyalari Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun katta siyosiy imkoniyatlar yaratdi.

Foto: Mixail Klimentev / TASS
Newsweek nashri tahlilchisi Brendan Koul ta’kidlashicha, Tramp hozirgacha Putinga uchta «sovg‘a» berdi.
Birinchi qadam sifatida, Tramp Haaga sudi Putinni hibsga olish haqida order chiqarganidan so‘ng, sudga qarshi sanksiyalar kiritdi.
Shuningdek, AQSh bosh prokurori Merik Bondi Rossiya hukumati rasmiylariga nisbatan sanksiyalar kiritish bilan shug‘ullanuvchi KleptoCapture maxsus guruhini tarqatib yubordi. Ura.Ru ma’lumotiga ko‘ra, ushbu guruh avvalgi prezident Jo Bayden davrida tashkil etilgan va Kreml bilan bog‘liq shaxslarga qarshi sanksiyalar joriy qilishda faol ish olib borgan.
Koulning ta’kidlashicha, uchinchi qadam sifatida Tramp «Rossiya va boshqa dushman davlatlar ta’sirini cheklash»ga qaratilgan tashabbuslarni to‘xtatdi. Bu tashabbuslar AQShda Kremlning yashirin ta’sir kampaniyalariga qarshi kurashishga qaratilgan edi.
Avvalroq, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazganini va Ukraina mojarosini muhokama qilish uchun maslahatchisi Maykl Uoltsga muzokaralar tashkil qilishni topshirganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 21 noyabrda Haaga sudi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olish bo‘yicha order chiqargan edi. Ilgari shunday qaror Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchun ham qabul qilingan bo‘lib, u Ukrainadagi harakatlari uchun xalqaro sud tomonidan javobgarlikka tortilmoqda.
Mavzuga oid

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

01:10 / 10.03.2025
Tramp: Ukraina AQSh yordami bilan ham omon qolmasligi mumkin

19:14 / 09.03.2025
Tinchlik metallari: AQSh, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi resurs kelishuvining nimasi g‘alati?

01:44 / 08.03.2025