Toshkentdagi supermarketlarda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining narxi pasaydi
Kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. O‘tgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.

Foto: Kun.uz
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2025 yilning fevral oyida Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishini ko‘rib chiqdi.
Monitoring natijalari 6 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar o‘tgan oydagiga nisbatan pasayganligini ko‘rsatdi.
Shunday qilib, kartoshkaning minimal narxi 26,1 foiz, qizil sabziniki 11,3 foiz, lavlaginiki 8,2 foiz, tuxumniki 7,8 foiz, sutniki 0,9 foiz, shakarniki 0,4 foiz pasaygan. O‘tgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.
8 nomdagi mahsulot bo‘yicha minimal narxlar oshgan. Ayniqsa, oqbosh karam narxida eng katta o‘sish qayd etildi. Bu mavsumiy omil bilan bog‘liq.
Bodring narxi ham sezilarli darajada oshgan, ammo o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 30,0 foiz arzon.
7 nomdagi mahsulotning eng past narxlari o‘zgarishsiz qolgan. Bular — bug‘doy uni, guruch, grechka, makaron, olma, banan, tovuq go‘shti (file).
Tahlil 2025 yil 9 yanvar va 6 fevral kunlari o‘tkazilgan monitoring ma’lumotlari asosida amalga oshirildi.
Mavzuga oid

13:37 / 03.03.2025
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi

22:20 / 11.02.2025
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi faoliyati tiklanishi mumkin

12:20 / 04.02.2025
Oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

14:29 / 09.01.2025