Qoidabuzar haydovchilarga oid yana bir statistika ochiqlandi

O‘zbekiston 11:08 3729

O‘zbekistonda 2024 yilda transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi (MJtKning 133-moddasi) bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha 40 119 nafar shaxsga nisbatan 39 270 ta ish ko‘rib tamomlangan.

Oliy sudning ma’lum qilishicha, shundan 26 063 nafar shaxsga nisbatan jarima va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy statistikaga ko‘ra, 2024 yil O‘zbekistonda 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, ularda 2 203 kishi halok bo‘lgan, 8 901 kishi tan jarohati olgan.

Ko‘proq yangiliklar: