O‘zbekiston | 13:42 / 11.02.2025
4460
4 daqiqa o‘qiladi

12 fevral kuni ayrim hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» 12 fevral, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–2 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2...–7 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Samarqand viloyatida havo biroz bulutli yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0....–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3 daraja, kunduzi +1...+6 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –7...–12 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid