Yaponiya bosh vaziri Trampga samuraylarning oltin dubulg‘asini sovg‘a qildi
Dubulg‘ani Ningyouno Hanafusa kompaniyasi tayyorlagan bo‘lib, uning qiymati 1100 dollarni tashkil etadi. Ikki yetakchining uchrashuvi 7 fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgandi.

Foto: Getty Images
Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba AQSh prezidenti Donald Trampga samuraylarning oltindan yasalgan dubulg‘asi — kabuto sovg‘a qildi, deb xabar beradi Kyodo News.
Qayd etilishicha, mazkur dubulg‘a Yaponiya g‘arbidagi Tottori prefekturasida faoliyat yurituvchi Ningyouno Hanafusa Co. kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Ikki yetakchining uchrashuvi o‘tgan juma kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgandi.
Agentlik manbasiga ko‘ra, bosh vazir Isibada sovg‘a g‘oyasi amerikaliklar tomonidan suratga olingan «Syogun» seriali erishgan mashhurlik sabab paydo bo‘lgan. Shuningdek, AQSh prezidentiga oltin rangi yoqishi ham ma’lum. 2016 yilda Vashingtonga tashrif buyurgan Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Trampga oltindan ishlangan golf klyushkasini sovg‘a qilgandi.
Dubulg‘ani tayyorlagan kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, samuraylar bosh kiyimining eni 57 santimetr, balandligi 81 santimetr va chuqurligi 48 santimetrni tashkil etadi. Uning narxi — 168 ming iyena (1100 dollar). Firmaga samuraylar bosh kiyimini tayyorlash buyurtmasini o‘tgan yilning noyabrida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bergan. Ammo ular kabuto chet ellik VIP-shaxsga sovg‘a qilinishini bilgan xolos.
Yaponiya bosh vaziri Donald Tramp bilan uchrashish uchun AQShga kelgan ikkinchi chet el davlati rahbari bo‘ldi. Birinchi bo‘lib Vashingtonda Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyahu tashrif buyurgandi.
Mavzuga oid

23:25 / 04.03.2025
Yaponiyada o‘rmon yong‘inlari 2,6 ming gektar maydonni qamrab oldi

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

21:44 / 03.03.2025
Yaponiya tashqi ishlar vazirining Rossiyaga kirishi taqiqlandi

16:42 / 03.03.2025