Yanvar oyida 3 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi

Iqtisodiyot 20:29 729

Joriy yilning yanvarida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobar ko‘p. Shundan, tarmoq loyihalari hisobidan o‘zlashtirish 1,2 mlrd dollar (o‘sish 7 foiz) va hududiy loyihalarda 1,8 mlrd dollar bo‘lgan (o‘sish 87 foiz). Shundan, qiymati 23 mlrd dollarlik 513 ta yangidan boshlangan loyihada moliyalashtirish ochilgan va ular doirasida 1,1 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Shu bilan birga, 26 ta tuman va shaharlarda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar 20 mln dollardan yuqori bo‘ldi. Xususan, Karmana tumanidagi kimyo klasterida qiymati 334 mln dollarlik 3 ta loyihada amaliy ishlar boshlangan. Jumladan “Zarafshon industrial technology” MChJ XK tomonidan xitoylik investorlar bilan kaustik soda va xlor mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarida hisobot davrida 50 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Ohangaron tumanida “Metal processing technology” (ICG) MChJ tomonidan qiymati 20 mln dollarlik ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi doirasida 5 ming tonna mis quvurlari va fitinglar ishlab chiqarish belgilangan. “Navoiyazot” AJ negizida qiymati 2 mlrd dollarlik kimyo texnologik klasterlar uchun energoblok va 300 MVt foto elektr stansiyasini tashkil etish loyihalarida 22 mln dollar o‘zlashtirilgan. Andijon tumanida “Ipak yo‘li” sanoat zonasida umumiy qiymati 300 mln dollardan ortiq 9 ta loyihalar joylashtirilib, xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish boshlangan.

Umumiy qiymati 3 mlrd dollarlik 3 ta loyihada, xususan Angor tumanida quvvati 1560 MVt bo‘lgan kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish, Nurobod tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh foto elektr stansiyasi va G‘ijduvon tumanida quvvati 600 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurish loyihalarida 100 mln dollardan ortiq investitsiyalar o‘zlashtirilgan. Davlatobod tumanida Yangi Namangan shaharchasini qurish loyihasi doirasida qiymati 180 mln dollarlik xorijiy investorlar mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasasini va ko‘p qavatli turar joy majmuasini qurish loyihalarida 15 mln dollar o‘zlashtirilgan. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 152 mln dollarlik O‘zbekistonning g‘arbiy qismida ichimlik suv ta’minoti tizimlarini rivojlantirish loyihasida Amudaryo tumanida “Mang‘it suv tozalash inshootlari qurish” obektida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida qiymati 161 mln dollarlik Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish (faza-3) loyihasi doirasida kunlik quvvati 130 ming kub metrlik Chirchiq shahrida yangi oqova suv tozalash inshooti qurilmoqda. Hisobot davrida qiymati 231 mln dollarlik 374 ta o‘rta va kichik loyihalar ishga tushirilgan va 6,8 mingta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Shundan 212 ta loyihalar belgilangan muddatidan oldin hamda 52 ta qo‘shimcha loyihalar ishga tushirilishi ta’minlangan. Xususan, Yangiariq tumanidagi “Carwings Xorazm Plast” MChJning 8 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 11,5 ming dona avtomobillar plastmassa ehtiyot qismlar ishlab chiqarish (180 ta ish o‘rni) loyihasi, Namangan shahrida “Namangan Sharbati” MChJning 9 mln dollar investitsiyalar hisobiga yiliga 20 ming tonna meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasi ishga tushirilgan va 25 ta ish o‘rni yaratilgan. Yunusobod tumanida “YUNUSABAD GALLERIA” MChJning 29 mln dollar investitsiyalar hisobiga savdo ko‘ngilochar va biznes markazi tashkil etish loyihasi ishga tushirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: